Search:
Investment Of JSC Kokand Mechanical Plant

- 23.08% aksiya horijiy investorlarga sotilmoqda.Aksiya qiymati 4.31mln $, 51.00% aksiya - АК “O'zneftgazmash", 25.92% aksiya - Jisomoniy shaxslar.

Davomini o'qish ...

Aksiyadorlar va Investorlarga

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.04.2015 yil №PQ-2340 sonli, "Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qaroriga muvofiq "O'zneftgazmash" Aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi "Qo'qon Mexanika Zavodi" aksiyadorlik jamiyati ustav fondining 23.08% tashkil qiluvchi aksiyalar paketi sotilishi belgilangan. "Grant Thornton Valuation" Ma'suliyati cheklangan jamiyati tomonidan o'tkazilgan baholash natijalariga ko'ra jamiyatning sotuvga qo'yilgan 23.08% aksiyalar paketining bozor bahosi $4.31 million (AQSH dollari) darajaida aniqlangan.

Sizlarga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan horijiy investorlar uchun bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar ko'zda tutilgan. Jumladan:

1. Horijiy investorlarning O'zbekiston Respublikasiga kiritgan sarmoyalaridan olgan divident ko'rinishidagi daromadlari 2020 yilning 1 yanvariga qadar daromad solig'idan ozod qilingan;

2. Ustav kapitalida horijiy investorlarning ulushlari kamida 15 % ni tashkil etgan yuridik shaxslar:

A) umumiy soliq to'lovchilar:

- foyda solig'idan;

-mol-mulk solig'idan;

-obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzulmani rivojlantirish solig'idan.

B) soddalashtirilgan tizimda soliq to'lovchilar(mikrofirmalar, kichik korxonlar):

-yagona soliq to'lovidan;

-Respublika yo'l fondiga majburiy ajratmalardan.