Search:
Investment Of JSC Kokand Mechanical Plant

- 23.08% aksiya horijiy investorlarga sotilmoqda.Aksiya qiymati 4.31mln $, 51.00% aksiya - АК “O'zneftgazmash", 25.92% aksiya - Jisomoniy shaxslar.

Davomini o'qish ...

20/09 2017      «Mingbuloq» konida burg’ilash ishlariga start berildi

2017 yil 5 iyulda Namangan viloyatidagi «Mingbuloq» konida burg’ilash ishlarini boshlab yuborishga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi.

Ushbu investitsion loyihaning maqsadi – eng zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda bir yilda qazib olinadigan neft miqdorini 200 ming tonnagacha etkazishni ta’minlashdan iborat bo’ldi. Shu bilan birga to’rtta yangi razvedka quduqlarini burg’ilash va avvalroq burg’ilangan to’rtta quduqlarni kapital ta’mirlash ko’zda tutilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi hamda Davlatimiz rahbarining joriy yil may oyida Pekinda bo’lib o’tgan “Bir belbog’ – bir yo’l” xalqaro forumdagi ishtiroki mazkur loyihani amalga oshirishni faollashtirishga kuchli turtki berdi. Bo’lib o’tgan uchrashuvlar chog’ida erishilgan kelishuvlar «Mingbuloq» konini yanada razvedka qilish va foydalanishga tayyorlash» Investitsion loyihasini amalga oshirish doirasida barcha ishlarni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun muhim asos yaratdi.

http://ung.uz/press_center/news/2017/09/18/mingbulak