Search:
Investment Of JSC Kokand Mechanical Plant

- 23.08% aksiya horijiy investorlarga sotilmoqda.Aksiya qiymati 4.31mln $, 51.00% aksiya - АК “O'zneftgazmash", 25.92% aksiya - Jisomoniy shaxslar.

Davomini o'qish ...

26/09 2017      Qashqadaryo viloyatida Hisor konlari guruhining yangi ob’ektlari ishga tushirildi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri А.Аripov, Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi prezidenti V.Аlekperov va boshqalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahnamoligida barqaror investitsiya muhiti yaratilgani samarasida O’zbekiston iqtisodiyotida xorijiy korxonalar ishtiroki kengayib borayotganini ta’kidladi.

«Janubi-G’arbiy Hisor» loyihasi doirasida yiliga 4,4 milliard kub metr gazni kompleks tayyorlash quvvatiga ega qurilma, gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi, oltita gaz yig’ish punkti ishga tushirildi. Ob’ektlarning ishga tushirilishi Hisor konlari guruhida gaz qazib olish hajmini yiliga 5 milliard kub metrga etkazish imkonini beradi.

Jahonning yirik neft-gaz korporatsiyalaridan biri bo’lgan «Lukoyl» mamlakatimizda istiqbolli konlarni qidirish, o’zlashtirish va uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorga chiqarish kabi qator investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Ta’kidlash joizki, Janubi-G’arbiy Hisor va Usyurt mintaqasi hududiga oid 36 yilga mo’ljallangan mahsulot taqsimlash bitimi 2007 yilning aprelida kuchga kirgan. «Lukoyl» «Janubi-G’arbiy Hisor» loyihasiga 2008 yilning mart oyida qo’shilgan.

2011 yil oxirida Jarquduq-Yangi Qizilcha konlarida ilk gaz qazib olindi. 2014 yil oktyabr oyida «Hisorni to’liq rivojlantirish» loyihasi bo’yicha Odamtosh, Gumbuloq va Jarquduq-Yangi Qizilcha gaz-kondensati konlarini loyihalash, etkazib berish va qurish bo’yicha to’liq foydalanishga topshirilishini ko’zda tutuvchi shartnoma imzolandi.

Аsosiy texnologik va ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, ishga tushirish va sozlash ishlari 2017 yil iyul oyida yakunlangan. Loyiha doirasida 300 kilometr yuqori kuchli elektr uzatish liniyalari, ikkita elektr podstantsiyasi, 126 kilometr avtomobil yo’li barpo etildi. 64 ming kub metr beton quyildi, 12 ming tonna metall konstruktsiyalar va 4 ming tonnaga teng uskunalar o’rnatildi, 286 kilometr teng liniyali quvurlar yotqizildi.

O’zbekiston Milliy axborot agentligi (O’zА) http://ung.uz/press_center/news/2017/09/25/gissar