Search:
Investment Of JSC Kokand Mechanical Plant

- 23.08% aksiya horijiy investorlarga sotilmoqda.Aksiya qiymati 4.31mln $, 51.00% aksiya - АК “O'zneftgazmash", 25.92% aksiya - Jisomoniy shaxslar.

Davomini o'qish ...

06/10 2017      Qashqadaryo viloyatida I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialining mintaqaviy tayyorlov bo’limi ishlay boshladi

2017 yil 3-7 oktyabr kunlari Qarshi shahrida o’quv kurslari tinglovchilarining birinchi test-sinovlari o’tkazilib, ularning natijalari bo’yicha I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkentdagi filialining Qashqadaryodagi mintaqaviy tayyorlov bo’limida saboq oladiganlar guruhi shakllantiriladi.

Ushbu mintaqaviy bo’limning o’quv maydonida abiturientlar Rossiyaning etakchi oliy o’quv yurtlaridan birining Toshkentdagi filialiga o’qishga kirishga tayyorlanadilar. Poytaxtimizda 2007 yilning yanvar oyidan ish boshlagan oliy o’quv yurti eng nufuzli ilm dargohlaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi — umumэ’tirof etilgan jahon standartlari va o’quv dasturlari asosida O’zbekiston neftgaz va neftgazkimyo tarmog’i uchun yuqori malakali kadrlarni tatsyorlashdan iborat.

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti ko’pdan buyon asosan neft va gazga boy bo’lgan mintaqalardan bo’lajak talabalarni maqsadli tanlash amaliyotidan foydalanib kelmoqda. Shu ma’noda mintaqaviy bo’limni ochish uchun aynan Qashqadaryo viloyati tanlangani bejiz emas, albatta. Ushbu mintaqa neftgaz sektoriga mansub ko’plab konlar va korxonalar mavjudligi bilan ajralib turadi va ular doimo yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlab turiladi.

Mazkur mintaqaviy bo’lim eng zamonaviy texnika va o’quv-metodik materiallar bilan jihozlangan. O’quv yakunlangandan so’ng bo’lim tinglovchilari yakuniy imtihon topshiradilar va uning natijalariga qarab, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filialiga o’qishga kirishga muvaffaq bo’ladilar.

http://ung.uz/press_center/news/2017/10/06/gubkino-qashqadaryo