Search:
Investment Of JSC Kokand Mechanical Plant

- 23.08% aksiya horijiy investorlarga sotilmoqda.Aksiya qiymati 4.31mln $, 51.00% aksiya - АК “O'zneftgazmash", 25.92% aksiya - Jisomoniy shaxslar.

Davomini o'qish ...

11/08 2016      Mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit - dunyo nigohida

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida 2016 yilning 5-6 noyabr kunlari dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan tashrif buyurgan xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida Xalqaro investitsiyaviy forum bo’lib o’tdi. Forumda 560 dan ortiq xorijiy investorlar ishtirok etdi. Ular 33 ta davlatning 250 dan ziyod kompaniyalari, iqtisodiy birlashmalari va moliya muassasalarining vakillaridir Forumning asosiy maqsadi mamlakatimiz prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Аktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy koorporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4720-sonli Farmoni, 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2340-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasida xususiylashtirish, davlat dasturiga kiritilgan etakchi korxonalarni taqdim etish va ularni ishlab chiqarishning modernizatsiyalanishi va texnologik yangilanishini ta’minlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek zamonaviy koorporativ boshqaruv usullarini joriy qilishdan iborat.

Xalqaro investitsiya forumi chet el tadbirkorlarining o’zaro manfaatli ishbilarmonlik aloqalarini yo’lga qo’yishiga, istiqbolli va tezkor sur’atlarda rivojlanib borayotgan O’zbekiston bozorida yangi imkoniyatlarni ochishiga xizmat qiladi. “Qo’qon mexanika zavodi” aktsionerlik jamiyatiga mehmonlarni tashrifi katta bayram tadbiriga aylanib ketdi. Tashrif davomida mehmonlar ishlab chiqarish tsehlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash tadbirlarini izchil ruyobga chiqayotganiga guvoh bo’ldilar. Xususan, korxonamizda xorijiy texnologiyalar yordamida tayyorlanayotgan neft-gaz sohasi uchun butlovchi qismlar, muqobil isitish qozonlari, yuqori bosimga chidamli gaz sig’imlari, gaz ballonlarini ishlab chiqarish jarayoni ularda katta ta’surot qoldirdi. Gollandiyaning “ESN” kompaniyasining (kompaniya asosan energetik resusrlar bilan shug’ullanadi) eksperti Martin Stays korxonamizning ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishib, o’z xayajonlarini yashira olmay o’z fikr va mulohazalarini bildirib, yurtingizdagi investitsiyaviy muhit, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik rivojiga qaratilgan jiddiy e’tibor, ko’plab xorijiy investorlarni jalb etishiga amin bo’ldim, deb ta’kidladi. Tashrif chog’ida kelgusida bu erdagi korxonalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun imkoniyatlarini o’rgandim.

O’zbekistonni tinchlik va farovonlik mustahkam qaror topgan mamlakat sifatida ya’xshi bilamiz – dedi Janubiy Koreyaning “KSS Sorporation” kompaniyasi menejeri Endryu Kim. – Bunday yutuqlarni qulga kiritishda, avvalo Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, taraqqiyotning “o’zbek modeli” aosida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar muhim omil bulayapti. Darhaqiqat bunday muvofaqqiyatlarning zamirida Prezidentimiz Islom Karimov tashubbusi bilan ishlab chiqilib, mashhur besh tamoyilga asoslangan “o’zbek modeli” mujassam ekanligini, pirovardida bu barcha amaliy ishlarning poydevori, taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini ta’kidlash lozim. Buning natijasida mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit xorijiy hamkorlarning e’tirofiga sozovor bo’lib, o’z faoliyatlarini mamlakatimiz bilan bog’lashga undamoqda. Bu esa kelajakda yangidan-yangi loyihalarni amalga oshirish va ishga tushirish, yangi ish o’rinlarini tashkil etish orqali iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, sanoat salohiyatini oshirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish xajmini ko’paytirish imkonini beradi.

Tashrif davomida xorijiy investorlar mamlakatimizda faoliyat olib borish uchun yaratilgan qulayliklar to’g’risida to’lqinlanib o’z fikr mulohazalarini bildirdilar. Bugungi kunda mamlakatimiz dunyodagi eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar orasida beshinchi o’rinni egallab, dunyo mamlakatlarining aksariyatida iqtisodiy o’sish darajasi tushib ketgan, ayrimlarida davlat qarzi va byudjet taqchilligi kuzatilayotgan murakkab bir sharoitda mamlakatimiz barqaror o’sishga erishib, so’ngi o’n bir yil davomida yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi 8 foizdan yuqorini tashkil etib kelayotganligi forum ishtirokchilarini mamlakatimizga yanada qiziqishini oshirdi.