Search:
Investment Of JSC Kokand Mechanical Plant

- 23.08% aksiya horijiy investorlarga sotilmoqda.Aksiya qiymati 4.31mln $, 51.00% aksiya - АК “O'zneftgazmash", 25.92% aksiya - Jisomoniy shaxslar.

Davomini o'qish ...

19/07 2017      «QO’QON MEXАNIKА ZАVODI» aktsiyadorlik jamiyati majlislar zalida xalq qabuli yuzasidan o’tkazilgan yig’ilish va sayyor qabul bo’yicha yig’ilish

Yig’ilish kun tartibiga qo’yilgan masala yuzasidan yig’ilish raisi Sh.Yuldashev so’z olib, hozirgi kunda har kuni mamlakatimiz taraqqiyotining turli sohalari bo’yicha kamida 2-3 ta qaror yoki Farmon chiqarilmoqda. Аlbatta, bularning barchasi kundalik turmushimizda muammolar ko’pligi va ularni hal qilish zarurati tufaylidir. Аvvalambor, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ularning dardini eshitadigan tizimga aylantirish yo’lidagi sa’y-harakatlar amalga oshirilayapti. Hududlarni, ayniqsa, olis, ijtimoiy vaziyat og’ir, ishsizlik yuqori bo’lgan tuman va shaharlarning salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish orqali sotsial muammolarni hal qilish bo’yicha aniq manzilli dasturlar hayotga tatbiq etilishi yuzasidan to’xtalib, yig’ilish kun tartibiga qo’yilgan masalalar yuzasidan qisqacha ma’lumot berdi.

So’ng so’zni Qo’qon shahar hokimi R.Q.Jalilovga berdi. Qo’qon shahar hokimi R.Q.Jalilov yig’ilish ishtirokchilarini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning saylovoldi dasturida O’zbekistonning har bir hududi kabi Farg’ona viloyatini, shu jumladan Qo’qon shahrini ham har tomonlama rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, aholi hayot darajasini yuksaltirish borasida aniq reja va maqsadlar bayon etilganini ta’kidlab, tashrif davomida mazkur rejalar ijrosi, istiqboldagi loyihalar bilan tanishganlarini, xalq bilan muloqot qilib, shaharda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko’zdan kechirishganini ma’lum qildilar. Jumladan, Davlatimiz rahbari viloyatimizga tashrifi chog’ida shahrimizda faoliyat boshlagan «Shaffof metan sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo’shma korxonada bo’lganligi, Prezidentimiz korxona faoliyati, ish jarayoni, loyihalar bilan tanishib, uning istiqboliga ishonch bildirgani. Shu o’rinda gaz bilan yuradigan transport vositalari ko’paysa benzin va dizel yoqilg’isiga talab kamayishi, natijada sohadagi xizmatlar arzonlashishi, imkoniyatlar kengayishini ta’kidlaganlarini. Shuningdek, Yurtboshimiz mahsulot tannarxini kamaytirish, ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish, ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash, qishloq-xo’jalik texnikalarini siqilgan tabiiy gazga moslashtirish, ushbu texnikalar ishlayotgan hududlarga siqilgan tabiiy gaz tashish vositasi (metanovoz) yaratish bo’yicha ko’rsatma va takliflar berishdi.

Bundan tashqari Qo’qon shahrida hunarmandlikni va turizmni rivojlantirish borasida loyihalar ishlab chiqilishi, hunarmandlik va zargarlik markazlari tashkil etishni, zamonaviy mehmonxonalar qurish taklifini qiritib, ushbu yo’nalishlar bo’yicha qator soliq imtiyozlarini qo’llagan holda, aholi bandligini ta’minlash, farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab utishdi. Shaharda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yana bir loyiha – Wi-Fi tarmog’ini barpo etish loyihasi aholi va sayyohlarga qo’shimcha qulaylik yaratilishi, shuningdek, loyihalashtirilgan tibbiy xizmat va statsionar davolash markazi inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo’lib, bu erda АQShning “Jeneral elektrik” kompaniyasidan zamonaviy tibbiy jihozlar o’rnatilib, markaz yiliga 25 ming kishini davolash, 500 jarrohlik amaliyoti o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lib, aholi salomatligi bilan bog’liq bu majmua qurilishini tezlashtirish zarurligini ta’kidladi.

Sh.Mirziyoev “Imano grupp” korxonasi negizida poliuretan qoplamali tayyor charm ishlab chiqarish investitsiya loyihasi bilan tanishib, loyiha amalga oshirilgach, 250 ish o’rni tashkil etish imkoniyatini berishiga to’xtalib, tizimdagi korxonalarni barqaror xomashyo bilan ta’minlash, bunga aholini ham jalb etish zarurligini, xom terini yig’ish, sifatli tayyorlash va qayta ishlovchilarga etkazib berishga ixtisoslashgan korxonalar tashkil etish kerakligini aytishdi.

Prezidentimizning 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut», «G’ijduvon», «Qo’qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida»gi farmoniga muvofiq, Qo’qonda erkin iqtisodiy zona barpo qilinayotganini, ushbu hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumotni tinglab, rejaga muvofiq, bu erda to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, mebelsozlik, poligrafiya, charm-poyabzal va qurilish materiallari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishi haqida o’z fiklarini bildirishgan. Shu bilan birgalikda Prezidentimiz shahrimizda yaratilayotgan yangi ish joylari, shahar qiyofasini tubdan o’zgartirish (ko’p qavatli uylar qurish), teatrni ta’mirlash, “allomalar” muzeylarini tashkil qilish, shahar obodonlashtirish ishlariga ahamiyat berilishi va boshqa masalalar bo’yicha o’z taklif va topshiriqlar berishganlari to’g’risida qisqacha to’xtalib utishdi.

Qo’qon shahar prokurori G’.S.Fozilov yig’ilish ishtirokchilarini 2014 yil 03 dekabrdagi O’RQ-378-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Yurtboshimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga asosan, aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to’laqonli himoya qilishga qaratilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimi faoliyatini ta’minlash, murojaatlar ko’rib chiqilishi ustidan tizimli monitoring va nazorat amalga oshirilayotganligini ta’kidlab, hujjatlar mohiyati yuzasidan to’xtalib utdi.

Jumladan, murojaatlar ularda qo’yilgan masalalarni hal etish o’z vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoxud bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga berilishi; Davlat organiga kelib tushgan murojaatlar shu organ tomonidan yoki uning murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha majburiyatlar zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxsi tomonidan ko’rib chiqilishi. Qo’yilgan masalalarni hal etish o’zining vakolat doirasiga kirmaydigan davlat organiga kelib tushgan murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli organlarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinishi. Аriza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo’lgan davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran o’n besh kun ichida, qo’shimcha o’rganish va (yoki) tekshirish, qo’shimcha hujjatlarni so’rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqilishi; Quyidagi murojaatlar esa ko’rib chiqilmasligi: anonim murojaatlar; jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda; qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar yuzasidan ma’lumot berdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo’qon shahar Xalq qabulxonasi rahbari H.Sobirov so’z olib, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalq qabulxonasi faoliyati bilan yig’ilish ishtirokchilarini tanishtirar ekan, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”ligini. Bugungi kunda ushbu tamoyil barcha darajadagi davlat organlari faoliyatining asosiy mezoniga aylanib qolganini. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida barcha tuman-shaharlarda Xalq qabulxonalari tashkil etilib, samarali faoliyat yuritayotganiga to’xtaldi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo’qon shahar Xalq qabulxonasiga 2200 ta murojaat kelib tushgan bo’lib, murojaatlar asosan uy-joy, bandlik, kommunal soha, moddiy ko’mak masalalaridan iboratligiga to’xtaldi. Shuningdek, fuqarolardan turli sohalar faoliyatiga doir takliflar ham bildirilayotgani. Xalq qabulxonasida har hafta belgilangan jadval asosida Qo’qon shahar hokimi, prokurori, IIB boshlig’i, Fuqarolik ishlari bo’yicha Qo’qon tumanlararo sudi raisi va boshqa tashkilotlar rahbarlarining qabullari tashkil etilib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, fuqarolar tomonidan bildirilgan shikoyat va muammolarni qonun doirasida ijobiy hal qilish uchun tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi yuzasidan qisqacha ma’lumot berdi.

Qo’qon shahar IIB boshlig’i Z.N.G’ofurov so’z olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-sonli «Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni yuzasidan gapirdi.

Hozirgi kunda Ichki ishlar organlari aholining tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, shuningdek boshqa hayotiy muhim vazifalarni amalga oshirishda alohida o’rin egallashi. Mustaqillik yillarida ichki ishlar organlarini jazolovchi, nazorat qiluvchi organdan xalq, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiladigan tuzilmaga aylantirish bo’yicha samarali ishlar amalga oshirilgan. O’tgan davr mobaynida olib borilgan tizimli chora-tadbirlar yakuni bo’yicha jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan natijalarga erishilgani. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy sohalarini huquqiy jihatdan tartibga solishga yo’naltirilgan «Voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida», «Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida», «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida»gi qonunlar qabul qilingani. Ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida ichki ishlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, ularning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini qonun darajasida belgilash, ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida o’tgan yilning sentyabr oyida «Ichki ishlar organlari to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Biroq, mazkur Qonun talablarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari, shuningdek fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlarini o’rganish sohada hamon o’z echimini kutayotgan ko’plab muammo va masalalar mavjudligini ko’rsatmoqda. Tizimda ish faoliyatining samaradorligi va mahsuldorligiga erishish, avvalambor, aholi bilan bevosita muloqot o’rnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlik va hamjihatlikni yo’lga qo’yishni talab etadi. Ichki ishlar organlarini aholiga o’z vaqtida va sifatli yordam ko’rsatadigan ijtimoiy yo’naltirilgan professional xizmatga aylantirish zarurligi, «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» har bir xodimning asosiy xizmat burchi bo’lishi kerak.

Farmonda qayd etilgan asosiy vazifalarni bajarish bo’yicha zarur tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish maqsadida Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. Uning ijrosini ta’minlash qonun ustuvorligiga erishish, huquqbuzarliklar profilaktikasini o’z vaqtida amalga oshirish, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi, pirovard natijada esa fuqarolar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida ichki ishlar organlari butun tizimi va har bir xodim faoliyati samaradorligi oshishi haqida ma’lumot berdi.

Korxonaga tashrif buyurgan mas’ul shaxslar yig’ilish jarayonida sayyor qabul tashkil qilib, yig’ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarni ko’rib chiqishdi: • Jumladan, “Qozon payvandlash tsexi” ishchisi X.Madaminova uy-joy masalasi yuzasidan savol bilan murojaat qilib “kadastr hujjatlarini rasmiylashtirilishida amaliy yordam ko’rsatilishini so’radi”. Shahar hokimi ushbu masalani hal etilishi yuzasidan hokim o’rinbosari Z.Parpiev hamda kadastr bo’limi boshliqlariga topshiriq berilib, qo’yilgan masalani qonun doirasida xal qilinishini aytib o’tdi, fuqaro X.Madaminova murojaati yuzasidan qoniqarli javob oldi; • Korxonaning “Mexanika yig’uv tsexi” ishchisi (pensioneri) L.Kamolova istiqomat qiladigan uyining devor qismini kutarilib berilishida amaliy yordam ko’rsatishni so’rab murojaat etdi. Korxona boshqaruvi raisi Sh.Yuldashev “mukammal qurilish bo’limi” mas’ul xodimlariga topshiriq berib, bir xafta muddatda murojaatni ijobiy hal qilinishini bildirdi. Fuqaro L.Kamolova murojaati ijrosidan qoniqdi. Fuqaro M.Usmonova tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan savol bilan murojaat etdi. Shahar hokimi R.Jalilov tomonidan ushbu masala bo’yicha tegishli tushuntirishlar berilib, murojaat joyida hal qilindi. M.Usmonova arizasi yuzasidan qoniqarli javob oldi.

Yig’ilish kun tartibiga qo’yilgan masala bo’yicha ishtirokchilar o’z fikr mulohazalarini bildirishganidan so’ng, barcha takliflar har tomonlama muhokama qilindi

Qatnashdilar: Qo’qon shahar hokimi R.Q.Jalilov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo’qon shahar Xalq qabulxonasi rahbari H.Sobirov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi “Qo’qon mexanika zavodi” АJ boshqaruv raisi Sh.Yuldashev, Qo’qon shahar prokurori G’.S.Fozilov, Qo’qon shahar IIB boshlig’i Z.N.G’ofurov, shuningdek “QMZ” АJ rahbar xodimlari, mas’ul shaxs (mutaxassis)lar va ishchi-xodimlar, jami 74 kishi.