Search:
Investment Of JSC Kokand Mechanical Plant

- 23.08% aksiya horijiy investorlarga sotilmoqda.Aksiya qiymati 4.31mln $, 51.00% aksiya - АК “O'zneftgazmash", 25.92% aksiya - Jisomoniy shaxslar.

Davomini o'qish ...

01/08 2017      «QO’QON MEXАNIKА ZАVODI» АJning Ijroiya (jamiyat boshqaruvi) organi yig’ilish majlisi

Yig’ilish kun tartibiga qo’yilgan masala yuzasidan Jamiyat boshqaruvi raisi Sh.Yuldashev so’z olib, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari G’.Ibragimov tomonidan yuborilgan ma’lumotnoma yuzasidan qisqacha axborot berib o’tdi.

Jumladan, 2017 yilning II-choragi davomida Yoqilg’i-эnergetika kompleksi tarkibiga kiruvchi idora va xo’jalik birlashmalari tomonidan jami 218 ta hujjat kirim qilingan bo’lib, shundan 12 ta O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 67 ta qarori, 18 ta farmoyishi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 75 ta qarori va 46 ta farmoyishlari ro’yxatga olingan.

Ro’yxatga olingan hujjatlar ijrosi bo’yicha xo’jalik birlashmalarining 836 ta o’z qarorlari qabul qilingan va ijroga yo’naltirilgan. Jumladan, 106 ta Hayat qarori, 533 ta buyruq, 50 ta farmoyishlar qabul qilingan hamda 147 ta chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlangan.

Hisobot davrida Kompleks tarkibiga kiruvchi xo’jalik birlashmalari tomonidan 153 ta maqsadli va kompleks o’rganishlar amalga oshirilgan. Ulardan 65 tasi (42 %) quyi pog’onadagi korxona va tashkilotlarda, 58 tasi (38 %) – markaziy apparat bo’limlarida va 30 tasi (20%) – hududiy bo’limlarda amalga oshirilgan. O’rganishlar natijalari 59 ta yig’ilishlarda muhokama etilib, 90 nafar rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qo’llanilgan.

Departament tomonidan joriy yil II-chorakda Kompleks tarkibidagi idora va xo’jalik birlashmalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarini bajarilishi holati tahlil qilinib, nazoratdagi alohida bandlarni bajarish muddatlari buzilganligi uchun “O’zbekneftgaz” АJ (Sultanov), “O’zbekэnergo” АJ ( Mustafaev) va Davlat geologiya qo’mitasi (Turamuratov) rahbarlari ogohlantirildi (2017 yil 11 iyuldagi №06,1-234-son topshiriq).

Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash tartibi to’g’risida Nizom talabidan kelib chiqib, Kompleks tarkibiga kiruvchi korxonalarida ishchi guruhlar tuzilib, doimiy nazorat o’rnatilgan.

So’ng Jamiyat boshqaruvi raisi o’rinbosarlari E.T.Yunusov va А.А.Fazыlovlar ko’rilayotgan masala yuzasidan hujjatlar bilan ishlashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularni kelgusida yo’l qo’ymaslik, shuningdek kelgusida ijro intizomini yanada mustaxkamlash lozimligini ta’kidlab o’tishdi.

Korxona yuriskonsulti o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvar kungi №12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosi bo’yicha belgilangan rejaga asosan ishlar amalga oshirilib kelinayotganligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash; shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, yig’ilish bayonnomalari, buyruqlari ijrosi hamda «Uzbekneftegaz» АJ va «Uzneftegazmash» АJ tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar korxona ishchi-xodimlari va mas’ul shaxslariga etkazilib, mohiyati tushuntirilib, ijrosi nazoratga olinganini bildiridi.

Yig’ilish kun tartibiga qo’yilgan masala bo’yicha ijroiya (jamiyat boshqaruvi) organi a’zolari o’z fikr mulohazalarini bildirishganidan so’ng, barcha takliflar har tomonlama muhokama qilinib, hujjatlar bilan ishlashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularni kelgusida yo’l qo’ymaslik, ijro intizomini yanada mustahkamlash maqsadida,-

Q А R O R Q I L D I : 1. O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari G’.Ibragimovning 22.07.2017 yilgi “Geologiya, yoqilg’i-эnergetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiruvchi idora va xo’jalik birlashmalarida 2017 yilning II-choragida hujjatlar bilan ishlashda ijro intizomi monitoringi bo’yicha ma’lumotnoma”si rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 maydagi №264-sonli qarori bilan belgilangan ijro intizomi holatini tizimli va tanqidiy tahlil qilish hamda ijro intizomi talablarini buzgan mansabdor shaxslar (mutaxassislar)ga nisbatan intizomiy choralari ko’rilsin. 3. Korxonaning barcha bo’lim, tsex va uchastkalarida ijro intizomi holati tanqidiy o’rganib chiqilsin (Bunda hujjatlarni o’z vaqtida etkazilishi, tizimli nazorat o’rnatilishi hamda hujjatlarni ijro etish asosida aniq natijadorlikka erishilganligiga alohida e’tibor qaratilsin). 4. Har oy yakuni bilan – ijro intizomini buzgan aybdor mas’ul xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo’llanilsin. 5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Maxkamasi, “Uzbekneftegaz” MXK, “Uzneftegazmash” АK, davlat organlarining Qarorlari, Farmoyishlari, normativ, direktiv topshiriklarining belgilangan muddatda bajarilishini ta’minlash va o’z vaqtida axborot berilishi ta’minlansin. 6. Fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar mas’ul mutaxassislar tomonidan urganilib, o’rnatilgan tartibda murojaat etuvchi shaxsga javob xatlari sifatli tayyorlanishi alohida nazoratga olinsin. 7. Ushbu yig’ilish qarori ijrosi yuzasidan nazoratni o’z zimmamda qoldiraman.