MAVZU: ERKIN VA FAROVONLIK HAYOT MAZMUNI.

Reja:

1. Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligi haqida. 2. Bugungi kunda davlatimizda farovon turmush, yurt tinchligi, jamiyat rivoji uchun amalga oshirilgan ishlar haqida. Inson faoliyatida ikki muhim omil – moddiy va ma’naviy olam o‘zaro uyg‘unlashib, qo‘sh qanotga aylangan taqdirda, inson, davlat va jamiyat hayotida o‘sish-o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi. Shu bilan birga bilim va tajribasi, aql-idroki, kasb malakasi yetarli bo‘lgan, qonunlarni, o‘z haqhuquqlari va majburiyatlarini yaxshi bilgan odamgina barcha sohada ijobiy natijalarga erisha oladi. Bu ma’naviyatning ishlab chiqarish, iqtisodiy rivojlanish bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi. Aks holda, jamiyatda ma’naviy-axloqiy munosabatlar tanazzulga uchraydi, insonning sha’ni, qadr-qimmati poymol etiladi.

Mangulikka daxldor

          Mahmud Mirzayev yoshligidan ko‘chatlarni payvand qilishga, yangi navlarni yaratishga, bog‘dorchilikka juda qiziqardi. Bu qiziqishi uni Toshkent qishloq xo‘jalik instituti tomon yetakladi. Institutni tamomlagach, bog‘dorchilik-uzumchilikka ixtisoslashtirilgan “Qibray” xo‘jaligida bosh agronom bo‘lib ish boshladi. Endi u diplomli mutaxassis. Uning zimmasida katta mas’uliyat bor. Yosh agronom ilmiy faoliyat bilan ham shug‘ullandi. Bog‘dorchilik-uzumchilikka oid tadqiqotlari natijasini 300 dan ortiq ilmiy asarlariga joyladi. Agronomlikdan akademiklik darajasigacha bo‘lgan mashaqqatli va sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. Mahmud Mirzayev Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining bog‘dorchilik va sabzavotchilik bo‘limini uzoq yillar boshqargan. Uning rahbarligida tayanch ilmiy ishlar – “O‘zbekiston mevashunosligi (pomologiya)” va “O‘zbekiston ampelografiyasi” (uzumning turlari va navlari haqida) tayyorlandi. 2013-yili ilmiy tadqiqot instituti akademik Mahmud Mirzayev sharafiga nomlandi Boylik bilan kambag‘allik yonma-yon yuradi... Ular vaqti-vaqti bilan o‘rin almashadi, xolos. Shu bois boyligingga quvonma, u o‘tkinchidir.           Yo‘qchilikda ko‘pam qayg‘urma, bu ham o‘tmay qolmas... Agar kishi oqil bo‘lsa, har bir yaxshi-yomon ishlardan o‘ziga kerakli xulosalarni chiqarib oladi... Mamlakatimizda mustaqillikning oxirgi taraqqiyot yillarida barcha sohada ulkan oʻzgarishlar amalga oshirildi. Xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi yuksalib, farovonligi, turmush tarzi yana-da yaxshilandi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qoʻllab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biriga aylandi.            Bugungi kunda amalga oshirayotgan islohotlarimiz, xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani tufayli jamiyatimizda ochiqlik va erkinlik muhiti tobora kuchayib bormoqda. Prezident virtual qabulxonasi, hududlarda xalq qabulxonalari ochilib, odamlarimiz tashabbus koʻrsatib, nafaqat oʻz shaxsiy muammosi, balki koʻpchilikning dardu tashvishlarini hal qilish uchun davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlashga oʻrganayotir.           “Yangi Oʻzbekiston” davlat siyosatida tub burilishlar, jadal islohotlarni boshlab berdi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini taʼminlash asosida Oʻzbekistonning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda. Bu borada Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan ustuvor gʻoya mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har tomonlama yuqori bosqichga koʻtarish gʻoyasi biz uchun dasturilamal boʻlib xizmat qilyapti. Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻziga xos tizim shakllanmoqda. Bu borada “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlarimiz aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar etishda muhim rol oʻynamoqda. Buning natijasida yuzlab tuman, shahar va qishloqlarning meʼmoriy qiyofasi tubdan yangilanmoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri — “Ekonomist” jurnali Oʻzbekistonni 2019-yilda islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat — “Yil mamlakati” deb eʼtirof etgani har birimizga cheksiz gʻurur, iftixor va kuch bagʻishladi.            Birgina ijtimoiy himoya sohasini oladigan boʻlsak, keyingi yillarda kam taʼminlangan, nogironligi boʻlgan insonlar, yoshlar, xotin-qizlar, keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida, xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy islohotlar uzviy davom etmoqda. Birinchi navbatda, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bosh vazifalardan biri boʻlib qoldi. Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning yanvar oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yoʻllagan Murojaatnomasida birinchi marta “kambagʻallik” tushunchasining ilgari surilishi mamlakatda ijtimoiy himoya sohasida keskin burilish yasadi. Kambagʻallikni kamaytirish uchun aholida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish, yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda.            Mahallalarda xotin-qizlar va oila farovonligiga eʼtiborni kuchaytirish maqsadida vakolatli davlat tuzilmasi — Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi tashkil qilindi. Mahallalarda kasb-hunarga oʻrgatish ishlarining olib borilishi, baliq emas, qarmoq berish kerakligi tamoyili asosida kambagʻal oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha sektorlar kesimida chora-tadbirlar ishlab chiqilishi xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda. Aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga jiddiy ahamiyat qaratilayotir. Amalga oshirilayotgan barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, yirik investitsiya loyihalari, xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning markazida aynan shu muhim masala asosiy maqsad va vazifa boʻlib turibdi.             Butun dunyoda boʻlgani kabi koronavirus kasalligi bilan bogʻliq pandemiya vaziyati bizning davlatimizni ham chetlab oʻtmadi. Karantin cheklovlari tufayli ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi soni yana-da oshdi. Davlatimiz rahbari tomonidan oʻz vaqtida qoʻllanilgan chora-tadbirlar, hech bir davlatda boʻlmagan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining tashkil qilinishi, kambagʻal aholi roʻyxati va kambagʻallikdan chiqarish uchun “temir daftar”lar yuritilishi, ijtimoiy yordamga muhtoj aholi murojaatlari uchun shaffof tizim “Yagona ijtimoiy reyestr” tizimi joriy etilishi ijtimoiy himoya sohasida yangi islohotlar uzviyligini taʼminlamoqda.            Binobarin, pandemiya sharoitidagi qiyinchiliklarni hisobga olib, qariyb 700 ming kishini tashkil etadigan 182 mingdan ziyod oilaga 1 million soʻmgacha yordam puli berildi. Prezidentimizning yana bir Farmoniga asosan “temir daftar”ga kiritilgan muhtoj oilalarning har bir aʼzosi uchun 220 ming soʻmdan ajratildi. Umuman, joriy yilda aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish uchun jami 8 trln. soʻmdan ziyod mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan.            Qayd etish kerak, pandemiya davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar bazasi ham sezilarli darajada kengaydi. Prezidentimizning 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 14 yoshga toʻlmagan bolali ehtiyojmand oilalar soni yil oxiriga kelib 2 baravarga koʻpayadi, 2 yoshgacha bola parvarishi boʻyicha nafaqa olishga muhtoj onalar soni 20 foizga oʻsadi. Moddiy yordam olayotgan kam taʼminlangan oilalar soni 100 mingtaga oshiriladi. 2020-yilning oxiriga qadar ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 1,2 millionga, 2021-yilda esa 1,5 millionga yetishi kutilmoqda. Prezidentimiz tomonidan yaqinda yana bir muhim hujjat — “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” qaror imzolandi. Unga koʻra, moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning 16 yoshga toʻlmagan farzandlariga bir martalik moddiy yordam berish koʻzda tutilgan. Bu esa xalqimizni ijtimoiy himoyasi doimo davlat eʼtiborida ekanini koʻrsatadi.            Toʻgʻri, amaliy jarayonlar davomida kamchiliklar ham koʻzga tashlanishi tabiiy. Ularni bartaraf etish esa deputatlik korpusining muhim vazifasidir. Chunonchi, joriy yil iyun oyida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan hududlarda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning holati oʻrganilganda, mahallalarda aholi tomonidan eʼtirozlar boʻlayotgani maʼlum boʻldi. Bu holat yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga deputatlik soʻrovi yuborilishi, bu masala parlament nazoratiga olingani bilan ham ahamiyatli ekanini koʻrsatadi.             Yana bir muhim masala. Bugungi kunda Oʻzbekiston oʻz fuqarolarining huquq va manfaatlarini, ular qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, himoya qilishga qodir mamlakat sifatida oʻzini namoyon etmoqda.            Chet ellarda ishlayotgan va taʼlim olayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalar mustahkamlanib, ularning huquq va manfaatlari taʼminlanyapti. Xorijda oʻz mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarga qulayliklar yaratish, ularning yashash, ishlash sharoitlarini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilanmoqda. Butun dunyo ayni payt pandemiyadan keyingi murakkab bir davrga kirib kelyapti. Barcha davlatlarda, hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham aholini ish bilan taʼminlash, ishsizlikni kamaytirish masalalari oʻta dolzarb muammoga aylangan. Prezidentimiz boshchiligida aynan shu masalaga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani bejizga emas.            Albatta, rivojlanish, hayot bor ekan, talab oʻzgaradi. Lekin har qanday muammoni oqilona hal qilish uchun, avvalo, hamjihatlik, tinchlik zarur. Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik qadriga yetishimiz lozim.             Albatta, bularning barchasi Mustaqillik tufayli, Istiqlol natijasidir. Shaxsan oʻzim misolimda aytadigan boʻlsam, mamlakatimizda ilk mustaqillik eʼlon qilingan kunlari men talaba edim. Shu yillarda ulgʻaydim, bilim oldim. Mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalaridagi islohotlarda ishtirok etganim bu menga Mustaqillik bergan ulugʻ neʼmat, deb bilaman. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi 20 yilligi, 25 yilligi koʻkrak nishonlariga loyiq, deb topildim. Bosib oʻtgan hayot yoʻlimda menga doim vatanim istiqloli qudrat berib, saodatga yetakladi. Bugun qaysi sohada muvaffaqiyatlarga erishmaylik, yildan-yilga xalqimiz yashash tarzi va turmushi farovonligining asl negizida mamlakat mustaqilligi mujassam. Shunday ekan, dorilamon, shukuhli kunlarning qadriga yetaylik.

Footer logo

Gazbalon Eng arzon narxlarda