Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasida gaz sanoati. 2. Yonuvchi gazlarga ta’rif. 3. Gazlarning issiqlik ajratish va xavfli xususiyatlari. 1. O‘zbekiston Respublikasida gaz sanoati.
O‘zbekiston Respublikasida gazning yoqilg‘i hisobida ishlatilishi yildan yilga ortib bormoqda. Ko‘plab korxona va tashkilotlar, kommunal-maishiy korxonalar tabiiy gazdan foydalanishyapti. Gazlashtirilgan ob’ektlarning ko‘payishi bu gazlashgan ob’ektlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ko‘payishiga olib kelmoqda.
Gaz tarmoqlari va gaz qurilmalaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun faqat ularning tuzilishi, ishlashini bilish kamlik qiladi. Buning uchun «Gazda xavfli ishlarni bajarish qoidalari»ni mukammal bilish va bu boradagi g‘oyaviy va amaliy bilimlarni oshirib borish zarur. Shuning uchun gaz quvurlari va qurilmalari bilan ishlovchi texnik muhandis xodimlar uch yilda bir marta, ishchi va xodimlar esa bir yilda bir marta «Gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanish» qoidalari bo‘yicha imtihon topshiradilar.
Gaz sanoati — yer bag‘ridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilg’ilardan sun’iy gaz olish, aholi va sanoat ta’minoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi yer bagrining 200–7000 m chuqurlikdagi g’ovak jinslarida bo’ladigan yonuvchi tabiiy gazdir. Uning tarkibi metan (CH4)dan iborat. 1 m3 tabiiy gaz 8500-9500 kkal issiqlik beradi.
Neft tarkibidan ajralgan gazlar ham bo’ladi, ular neft konlaridan neft bilan birga chiqadi. Bunday gazlardan 10000 kkal/m3 gacha issiqlik ajraladi. Sun’iy gazlar qattiq va suyuq yoqilg’ini termik yo‘l bilan qayta ishlash hamda ko‘mirni yer ostida gazga aylantirish natijasida hosil qilinadi.
Gaz yoqilg‘isi iste’molchilarga magistral gaz quvurlari, gazni ma’lum bosimda uzatadigan murakkab kompressor stansiyalari va yer osti gaz omborlari vositasida yetkaziladi.
18-asrning oxiri, 19-asr boshlarida Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya kabi davlatlarda toshko‘mirdan olingan gazdan shaharni yoritish maqsadida foydalanish yo‘lga qo‘yilgandan boshlab shakllana boshladi. Keyinchalik 19-asrning 2-yarmida ko‘mirdan gaz oluvchi qurilma gaz generatori yaratildi. Bundan tashqari 20-asrning 20-yillarigacha neft gazlaridan ham foydalanib kelindi. Lekin bu davrgacha hali tabiiy gaz zaxiralari aniqlanmagan, ulardan foydalanilmas edi.
Tabiiy gaz zaxiralari topilgach, uning afzalliklari (boshqa yoqilg‘i turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish osonligi va arzonligi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qulayligi, mehnat sharoitini yengillatishi va boshqalar) Gaz sanoatining tez sur’atlar bilan taraqqiy etishiga olib keldi. Shuning uchun gaz konlarini topish va ularni ishga tushirish ishlariga katta ahamiyat berildi.
Dunyodagi gazning geologik zaxirasi 150—200 trillion m3 ga yetadi. Ammo uning mintaqalar bo‘ylab taqsimlanishi turlicha bo’lganligi bois Gaz sanoatining dunyo mamlakatlardagi rivoji ham turlichadir.
O‘bekistonda tabiiy (neft bilan chiqadigan) gaz 1932-yildan olina boshladi, lekin u vaqtda chiqarilgan tabiiy gazning miqdori juda ham oz edi (yiliga 0,7—3 mln. m3). Respublikada 50-yillar oxirigacha gazning yaxshi o‘rganilgan zaxirasi 24 mln m3 ni tashkil etgan bo’lsa, 60-yillarga kelib qator gaz konlarining ochilishi va ishga tushirilishi bilan bu sohada tub burilish yasaldi.
1962-yilga kelib Gazli gaz-neft konining ochilishi bilan O‘bekistonda ulkan magistral gaz quvurlari yaratishga asos solindi (Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent gazoprovodi; 1960, Buxoro-Ural gazoprovodi, 1963; Buxoro-Toshkent-Bishkek-Olmaota gazoprovodi, 1965; O‘rta Osiyo-Markaz gazoprovodi, 1967). 1968-yilga kelib O‘zbekistan konlaridan gaz tarqatadigan quvurlar. (O‘rta Osiyo - Markaz gazoprovodini hisobga olmaganda) 8500 kmga yetdi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Gaz sanoatini rivojlantirish sohasida ham islohotlar o‘tkazila boshladi. Neft va gaz sanoati hamda ular bilan bog‘liq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona boshqaruvga birlashtirilib, "O‘zbek-neftgaz" milliy korporatsiyam tashkil etildi. Mamlakatning yoqilg’i mustaqilligiga erishish va eksport salohiyatini oshirish yo‘lida korporatsiya tomonidan bir qancha loyiha ishlari rejalashtirildi.
Hozirgi vaqtda Ustyurt, Buxoro — Xiva, janubiy-g‘arbiy Hisor, Farg‘ona, Surxondaryo kabi neft va gazga boy hududlarda 175 ta neft va gaz konlari ochilgan.
Gaz qazib olish esa 2000-yilda 1990-yildagiga nisbatan 1,37 barobar oshdi. Sho‘rtan gaz konidagi hozirgi mavjud imkoniyatlardan foydalanib sutkasiga bir necha o‘n tonnagacha suyuq gaz va yiliga bir necha ming tonna yuqori sifatli oltingugurt olish mumkin. Gaz sanoti tarmog‘idagi magistral gazoprovodlar tizimini kengaytirish, yangi yer osti gaz omborlarini yaratish, shuningdek mavjudlarini texnik jihozlash, qayta ta’mirlash ishlari jadal olib borilmoqda. Maye, Gazli - Nukus, Paxtakor - Yangiyer - Toshkent gaz yo‘llari qurilishi nihoyasiga yetkazildi. Bu tarmoq Qoraqalpog‘iston va Xorazmni respublikaning o‘z gazi bilan ta‘minlash imkoniyatini berdi (bungacha mazkur hudud Turkmanistondan gaz olgan). Hozotda mavjud gaz sanoati korxonalari yiliga 47 mlrd. m3 gazni qayta ishlash va 350—400 ming tonna oltingugurt ajratib olish imkoniyatiga ega. 1999-yilda respublika Gaz sanoatida 55,6 mlrd. m3 gaz, shu jumladan 24,1 mln.m3 siqilgan gaz ishlab chiqarildi.
2020 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 1,86 trillion kub metrga yetgan. Amaldagi qazib chiqarish hajmlarida ushbu zaxiralar kamida 34 yilga yetadi. Ularning yarmidan ko‘pi “O‘zbekneftgaz” korxonalari, 20 foizdan ko‘prog‘i esa “Lukoyl” kompaniyasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
“O‘zbekneftgaz” korxonalariga 111 ta kon topshirilgan, bu mavjud zaxiralarning 50 foizini tashkil etadi, ya’ni 934,1 mlrd kub metr gazga teng. Shundan 312,8 mlrd kub metr (16,8%) Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, 235,5 mlrd kub metr (12,6%) Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi, 195,4 mlrd kub metr (10,5%) Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, 187,3 mlrd kub metr (10%) Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va 0,4 mlrd kub metr (0,2%) Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Dunyoda tasdiqlangan gaz zaxiralari 200 trln kubometrni tashkil qiladi, shundan 75 trln kubometri Yaqin Sharq davlatlarida, 65 trln kubometri esa MDH davlatlarida joylashgan.
2020 yil yakuniga ko’ra Gaz zaxirasi bo’yicha: (trln kubometrda)
1. Rossiya - 38
2. Eron - 32
3. Qatar - 24,7
4. Turkmaniston - 19,5
5. AQSh - 12,9
6. Xitoy - 6,4
7. Venesuela - 6,3
8. Saudiya Arabistoni - 6
9. BAA - 5,9
10. Nigeriya - 5,4
Bu reytingda O‘zbekiston 24-o‘rinni egallaydi hamda respublikaning tasdiqlangan gaz zaxiralari 1,86 trln kubometrni, yoki butun dunyoda mavjud gaz zaxiralarining 0,6 foizini.
2020 yil yakunlariga ko‘ra gaz qazib olish: (mlrd kubometr)
1. AQSh - 914,6 (23,7 foiz)
2. Rossiya - 638,5 (16,6 foiz)
3. Eron - 250,8 (6,5 foiz)
4. Xitoy - 194,0 (5,0 foiz)
5. Qatar - 171,3 (4,4 foiz)
6. Kanada - 165,2 (4,3 foiz)
7. Avstraliya - 142,5 (3,7 foiz)
8. Saudiya Arabistoni - 112,1 (2,9 foiz)
9. Norvegiya - 111,5 (2,9 foiz)
10. Jazoir - 81,5 (2,1 foiz)
Ko‘rinib turibdiki, gaz zaxirasi egalarining hammasi ham qazib olishda yetakchi bo‘la olishmagan. O‘zbekiston bu reytingda 2020 yil natijalariga ko‘ra 51,66 mlrd kub va 1,2 foiz bilan 17-o‘rinni egallagan.
2. Yonuvchi gazlarga ta’rif.
Dunyo bo‘yicha gaz zaxiralarini regionlar bo‘yicha keyingi o‘rganishga qaraganda (NG-R) maksimal oshishi Osiyo-Tinch okean regioniga to‘g‘ri keladi. Gaz zaxiralarining eng past ko'rsatkichi Shimoliy Amerikada bo‘ldi. Biroq bu erda 1980-yilning o‘rtalaridan boshlab o‘sishni kamayishi kuzatiiadi. Ushbu holat xavotirli tenden- siya bo‘lib. oxirgi o‘n-yillik davomida Shimoliy Amerika gaz sarfi (yiliga dunyo bo'yicha gaz iste’molining o'rtacha 30%) bo‘yicha 2- o‘rinni egaltaydi. Dunyo gaz zaxiralari o'zgarishini o'rganish Shimoliy Amerikada ortishi eng kam bodganligini, 1990-yillarda ortish tendensiyada hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng pastidir.
Dunyo bo‘yicha eng ko‘p gaz iste'mol qiluvchi va gaz ishlab chiqaruvchi davlat - AQSh da. agarda zaxirani hech qanday qo‘shimcha o‘sishlari ko‘zda tutilmaydi deb faraz qilinsa, gaz zaxirasi taxminan 9-yilga etishi kutilmoqda.
Rossiya dunyo bo‘yicha eng yirik gaz qazib oluvchi davlat, bunga qarama-qarshi o‘laroq, agarda qazib olish bo‘yicha 2000-yil ko'rsatkichidan kelib chiqilsa, 82 yillik zaxiraga egadir.
Yonuvchi gaz - tabiiy gaz quiidagi gazlardan tashkil topgan:
•Metan (CH4) - 97,8 %;
•Etan (C2H6) - 1,6 %;
•Propan (C3H8) - 0,3 %;
•Og‘ir uglevodlar - 0,08 %;
•Ballast gazlar - azot (N2) - 0,1 %;
•Ballast gazlar - azot (N2) - 0,1 %,
•Uglekislota (CO2) - 0,12 %.
Aholiga, shahar va qishloqlarga berilayotgan tabiiy gaz GOST 5542-87 quyidagi talablarga javob berishi kerak. 100 m.kub. tabiiy gazni norma qilib oladigan bo‘lsak: oltingugurt - 2 gr., ammiak - 2 gr., sinil kislota-tsioniyli aralashmalar CH- 5 gr., smola va chang 0,1 gr., naftalin yozda - 5 gr., qishda 10 gr., kislorod (O2) 1 % dan oshmasligi kerak. Gazning quyi portlash chegarasi beshdan bir (1/5) qismiga teng, gaz chiqqanda gaz hidi sezilishi kerak, ya’ni tabiiy gazni oladigan bo‘lsak, quyi portlash darajasi 5 % ga teng. 1/5 qismi - 1 % ga teng. 1 % gaz chiqqanida gaz hidi sezilishi kerak.
Suyultirilgan gaz propan (Ñ3H8) va butan (C4H10)dan iborat bo‘lib, neft’ mahsulotlaridan neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqariladi.
Gazlarga qo‘yiladigan asosiy talablardan yana biri - bu uning hidi bo‘lishidir. Tabiiy gazlar hidsiz bo‘lganligi uchun gazlar hidlantiriladi. Tabiiy gazga GRSlarda, suyultirilgan gazlarga zavodlarda, gazni qayta ishlash korxonalarida odarant - o‘tkir hidli modda etnlmerkoptan qo‘shiladi.
1000 m.kub. tabiiy gazga yozda 16 gramm, qishda 19 gramm etilmerkoptan qo‘shiladi. 1 tonna suyultirilgan gazlarga yozda 60 gramm, qishki mavsumda 90 gramm etilmerkoptan qo‘shiladi.
Gazlarning solishtirma og‘irligi ham turlicha bo‘lib, tabiiy gazning solishtirma og‘irligi - 0,73 kg/n.m.kub.ga teng. Suyultirilgan gaz - 1,97 kg/n.m.kub.ga teng.
Tabiiy gaz tarmoqlarda, gaz quvurlari yoki gaz asboblaridan sizib chiqqanda doim yuqoriga intiladi, chunki tabiiy gaz havodan yengil. Suyultirilgan gaz havodan og‘ir bo‘lganligi uchun pastga intiladi va xonaning pastki qismiga yig‘iladi.
Gazlarning yonishi. Yonuvchi gazning havodagi kislorod bilan qo‘shilish reaktsiyasi - gazlarning yonishidir. Buning kimyoviy formulasi quyidagicha:
•CH4 + 2O2 = CO2 + 2H20
•metan. kisl. ugler. suv bug‘p
• dioksi
•1m.kub. metan (CH4) to‘liq yonishi uchun 2 m.kub. O2 kislorod yoki 9,5 m.kub. havo kerak bo‘ladi.
• 1m.kub. propan (C3H8) to‘liq yonishi uchun 5 m.kub. O2 kislorod yoki 24 m.kub. havo kerak bo‘ladi.
3. Gazlarning issiqlik ajratish va xavfli xususiyatlari.
Yonuvchi gazlar tarkibidan qat’ny nazar yonayotgan gaz ma’lum miqdorda issiqlik ajratadi. Issiqlik ajratish xususiyati - kaloriya bilan o‘lchanadi.
1 m.kub. gaz yonganda qancha issiqlikning ajralishi gazning kaloriyasini belgilaydi. Tabiiy gazning issiqlik ajralishini eng past darajasi 8500 kkal/m.kub. bo‘lsa, yuqori darajasi - 9500 kkal/m.kub. ga teng.
Suyultirilgan gazniki esa eng past darajasi - 22000 kkal/m.kub., yuqorisi - 29000 kkal/m.kub.
Gazlarni alangalanish darajasi. Gazlar ma’lum haroratgacha qizdirilganda yoki shu haroratda issiqlik berilganda gazlar alangalanib yonadi. Tabiiy gaz-metanning alangalanish darajasi -654° C ga, suyultirilgan gaz - 490-540° C ga teng.
Gazlarning xavfli xususiyatlari.
1.Gazsimon yoqilgilarning barcha turlari yong‘indan xavfli hisoblanadi. Gazlarning havo bilan ma’lum miqdordagi aralashmasi portlaydi. Tabiiy gazning normal holatda portlash chegarasi yopiq muhitda: past – 5 %, yuqori – 15% ga teng. Suyultirilgan gaz portlash chegaralari yopiq muhitda: past – 1,6 %, yuqori – 9,8 % ga teng.
Tabiiy gaz yonayotganda kamida 19500 C issiklik beradi. Suyultirilgan gaz yonayotganda kamida 21500 C issikdik ajratadi.
2.Gazsimon yoqilg‘ilarning barcha turlari yong‘indan xavfli hisoblanadi. Gazlarning havo bilan aralashmasi esa portlaydi. Tabiiy gazning portlash chegaralari yopiq muhitda: past – 5 %, yuqori – 15 % ga teng. Suyultirilgan gaz portlash chegaralari yopiq muhitda: past – 1,6 %, yuqori – 9,8 % ga teng.
Gazlar chala yonishi natijasida CO – is gazi ajralib chiqadi, bu esa inson hayotiga xavfli ta’sir etadi.
Fuqarolar yashashi uchun ajratilgan xonadonlarda is gazi miqdori 0,002 mg/l., ishlab chiqarish korxonalarida 0,02 mg/l.dan oshmasligi kerak.
Is gazi (CO) zaharli gaz hisoblanib, agar yopiq muhitda odam bu gaz miqdori quyidagicha bo‘lganda:
a) 0,01–0,05 % (yopiq muhitda) 2 soatda zaharlanadi.
b) 0,2–0,3 % 30 minut ichida o‘rtacha zaharlanadi.
v) 0,5–0,8 % (yopiq muhitda) qisqa vaqt ichida hayot uchun xavfli darajada zaharlanadi.
Tabiiy gazlar yer ostida paydo bo‘lishiga qarab qo‘yidagi guruhlarga bo‘linadi: toza gaz ko‘rinishida, nefth paydo bo‘lgan joylarda nefth bilan birgalikda va gaz kondensati paydo bo‘lgan kondensatli gazlar.
Toza gaz ko‘rinishidagi tabiiy gazlarning tarkibi asosan metandan tarkib topgan bo‘lib, quruq va taqir bo‘ladi. Og‘ir uglevodorodli gazlarning (propan va undan keyingilari) quruq gaz tarkibidagi miqdori 50 g/m3 dan oshmaydi. Nefth bilan birgalikda paydo bo‘lgan gazlar, nefth paydo bo‘lgan joydan qazib olinadi. Bu gazlarni «hamroh» (yo‘l-yo‘lakay) gazlar ham deb ataydilar. Bunday gazlarning tarkibida metandan tashqari, ko‘p miqdorda og‘ir uglevodorodli gazlar (150 g/m3 va undan ortiq) bo‘lib, moyli gaz va benzinli gazlar aralashmasidan iboratdir. Gaz–kondensati paydo bo‘lgan joylardan qazib olinayotgan kondensatli gazlarning tarkibi quruq gaz va kondensat bug‘i (par)dan iborat bo‘lib bosim kamayganda hosil bo‘ladi. Kondensat bug‘i bu og‘ir uglevodorodli gaz bug‘lari aralashmasi bo‘lib, uglerodning tarkibi C5 va undan yuqori bo‘ladi (benzin, ligroin, kerosindir).
Quruq gazlar havodan yengildir, moyli gazlar esa havodan yengil yoki og‘ir bo‘lishi mumkin. Ularning yengil yoki og‘ir bo‘lishi tarkibidagi og‘ir uglevodorodlarning miqdoriga bog‘liqdir.
1- jadvalda Markaziy Osiyo davlatlaridan qazib olinayotgan tabiiy gazlarning tarkibi xossalari va xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Markaziy Osiyo davlatlari hududlaridan qazib olinayotgan gazlarning yonuvida, ulardan ajralib chiqayotgan past miqdordagi yonuv issiqligi 34000-41000 kJ/m3ga tengdir. Neft’ bilan birgalikda olinayotgan «hamroh» gazlarning yonuv issiqligi esa. 38000 kJ/m3 dan 63000 kJ/m3 ni tashkil etadi. Gaz, neft’ mahsulotlarini qayta ishlovchi zavodlarda «hamroh» gazlardan qayta ishlov natijasida, gazli benzin, propan, butanlar olinadi.
Propan – butan aralashmalaridan suyultirilgan uglerovorodli gaz (SUG) ko‘rinishdagi gaz yoqilg‘isi olinib, bu yoqilg‘idan shahar, qo‘rg‘on gaz ta’minoti uchun yonuvchi gaz sifatida keng miqyosda foydaniladi. Tabiiy gazlar boshqa ko‘rinishdagi organik yoqilg‘ilar (suyuq va qattiq yoqilg‘ilar) ga nisbatan bir qancha qulayliklarga egadirlar:
1. Tabiiy gaz qazib olishda, mehnat unumdorligi nefth qazib olishga nisbatan 5 barobar, shaxtadan ko‘mir qazib olishga nisbatan esa 35 barobar yuqoridir.
2. Yuqori darajadagi sifatliligi, yongandan ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqishi va uzoq masofalarga yetkazib berish uchun qulaydir.
3. Turli xil sanoat pechlari, qozon qurilmalari va uskunalarida yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanilganda ularning ish jarayoni tezlashadi, uskunalar joylashgan binolarning maydonlari qisqaradi va xizmat ko‘rsatuvchilar soni kamayadi, uskunalar foydali ish qiymati (f.i.q) esa oshib boradi.
4. Tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanish boshqa yoqilg‘ilarga nisbatan, turli xil chiqindi va zararli gazlar kamayishga va atrof muhit havo xavzalari ifloslanishining bartaraf etilishiga olib keladi, tabiiy gazlardan foydalanish ximiya sanoatida va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida bir qancha qulayliklarga egadir.