Maqola
Qo’qon shahar kasb-hunar maktabida 30-oktyabr kuni men ishlab chiqarish ta’limi ustasi M.Umurzaqova Sartarosh-modeler 6-guruh o’quvchilariga mahorat darsini o’quv amaliyoti jarayonida o’tkazdim. O’quv amaliyotini kasb-hunar maktabi rahbari V.Qobilov ochib berishdi. O’quvchilarga o’z samimiy fikrlarini bildirishdi. O’quv amaliyoti mavzusi “Faslga mos soch turmagini modellashtirish va makiyaj qilish” bo’lib, o’quvchilar amaliyot davomida texnika havfsizlik qoidalariga rioya qilish ,kuzning almashib turadigan ob-havosiga mos keladigan turmaklar va makiyaj turlari bilan tanishishdi. O’quv amaliyotida zamonaviy interaktiv usullardan foydalanildi, tezkor savol javoblar o’tkazildi. O’quvchilar o’zgacha ishtiyoq bilan amaliyotning har bir bosqichida ishtirok etishdi. Sartaroshlik asbob uskunalaridan qanday foydalanishni yangicha texnikalarini o’rgandilar. Maktab tarafidan har bir o’quv amaliyoti uchun taqdim etiladigan hom-ashyolarni mamnuniyat bilan amaliyot jarayonida ishlatdilar. O’quvchilardan Murodov Amirxon, Qahramonova Ismigul, G’aniyeva Risolat, Nusratullayev Aziz, Abdumalikova Zaynura, Rustamova Farangizlar o’zlari amaliyot jarayoni davomida o’rganganlarini “master klass” orqali ko’rsatib berdilar. Bu o’quv amaliyotida o’quvchilar bilmaganlarini o’rganib, bilganlarini yanada tajriba orttirdilar. Mana shundan o’quv amaliyot jarayonlarining olib borilishi o’quvchi yoshlarni yanada kasbga bo’lgan qiziqishlarini, mehr-muhabbatini orttiradi. Kelajakda o’z kasblarining haqiqiy egalari bo’lib yetishadilar desak mubolag’a bo’lmaydi. Ayniqsa bugungi kun yoshlariga ular istagan barcha imkoniyat eshiklari ochiq.