MAVZU: ERKАKLАR SOROCHKАSI.

REJA:
1. Erkаklаr sorochkаsi uchun model tanlash modellash, modellash. 2. Erkаklаr sorochkаsi andozasini tayyorlash. 3.Andozani gazlamaga joylashtirish. 4. Bichish.

MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR 

         Klassik uslubiy yechimdagi sorochkalar oddiy ko’rinishda bo’lib, ularni har kuni bayramlarda va xizmatga kiyishadi. Silueti asosan to’g’ri, yarim yopishgan yoki yopishgan bo’lishi mumkin. Klassik uslubdagi sorochkalar mayin paxta tolali, shoyi, paxta-lavsanli va sun’iy tolali gazlamalardan tikiladi. Gazlama ranglari ko’p ham ko’zga tashlanavermaydi. Lekin bunday sorochkalar hech ham modadan chiqmaydi, bir oz tashqi ko’rinishi o’zgaradi xolos.           Sport uslubidagi sorochkalar – keng bichimliligi bilan va mayda bo’laklarining ko’pligi bilan ajralib turadi. Bunday sorochkalarning yenglari o’tqazma, koketkasi bilan yaxlit yoki reglan bichimli bo’ladi. Sorochkaga asosan bostirma cho’ntak, har xil ko’rinishdagi cho’ntak qopqoqlar, koketkalar, pogonlar, xlyastiklar tikilsa juda mos keladi. Mayda bo’laklarni bezak choklar bilan, metall yoki charmli furnitura bilan bezash mumkin. Sport uslubidagi sorochkalar taqilmasi etakkacha yoki ko’krak chizig’igacha loyihalanishi va ularga planka bilan ishlov berilishi mumkin.           Gazlamalar rangi - ochiq rangda katak yoki yo’l-yo’l gulli qilib tanlanadi. Bunday sorochkalar paxta tolali, zig’ir, jun, shoyi va sun’iy tolali matolardan tikiladi.           Romantik uslubdagi sorochkalar shakli va bichimi bo’yicha har xil bo’ladi. Bunday sorochkalar o’ziga xos va original (noyob) ligi bilan ajralib turadi. Shuningdek bunday sorochkalarda bezak beruvchi tasmalar, taxlamalar ko’p ishlatiladi.          Sorochkalar turli ranglardagi sidirg’a gazlamalardan; oq, sariq, havo rang, yashil va kul rangda tikilishi mumkin. Har kuni kiyish uchun mo’ljallangan sorochkalar aniq proportsiyali, bosiq rangli, uzun va kalta yengli bo’lishi mumkin. Yoqalar bichimi va shakli bo’yicha turli-tuman bo’lib, asosan qoplama cho’ntakli qilib loyihalanadi.          Kundalik sorochka uchun tanlangan gazlama mavsumiga qarab qalin yoki yupqa, lekin albatta kam g’ijimlanuvchan va oson yuviladigan bo’lishi shart. Tantanali marosimlar uchun mo’ljallangan sorochkalar chiroyli, bashang gazlamadan va bezak bo’laklar bilan (taxlama va kashta, bezak baxyaqator) bezatilgan qilib tikiladi. Tantanali marosimlar uchun mo’ljallangan sorochkalar yana muayyan maqsadlarda ishlatilishiga qarab (teatr, yubiley, rasmiy marosimlar) ham turlarga bo’linishi mumkin.          Yozgi sorochkalar uchun asosan ip, zig’ir, shoyi gazlamalar, qish mavsumi uchun issiq gazlamalar jun, velvet va paxmoq, kuz va bahor fasllari uchun esa aralash tolali, sun’iy gazlamalar tanlash tavsiya etiladi.          Sorochkalar vazifasiga ko’ra – uyga, ko’chaga, bayramda kiyiladigan, maxsus – harbiy xodimlar uchun tikiladigan sorochkalarga bo’linadi.

Klassik uslubiy yechimdagi sorochkalar oddiy ko’rinishda bo’lib, ularni har kuni bayramlarda va xizmatga kiyishadi. Silueti asosan to’g’ri, yarim yopishgan yoki yopishgan bo’lishi mumkin. Ushbu erkaklar sorochkasi tik qaytarma yoqali, yengi uzunun bulib, yeng uchiga manjet bilan ishlov berilgan.Ort bo’lak koketkali, siluetii yarim yopishgan. Klassik uslubdagi sorochkalar mayin paxta tolali, shoyi, paxta-lavsanli va sun’iy tolali gazlamalardan tikiladi. Gazlama ranglari ko’p ham ko’zga tashlanavermaydi. Lekin bunday sorochkalar hech ham modadan chiqmaydi, bir oz tashqi ko’rinishi o’zgaradi xolos.

Sorochka modeli tashqi ko’rinishi uning vazifasiga, mavsumiga, gazlama turiga, yosh guruhiga mos holda tanlanadi. Andoza tayyorlash uchun ayniqsa gazlamaning texnologik xossalari, tikish uchun tavsiya etilgan jihoz va uskunalar, modelning ommaviy yoki individual tartibda ishlab chiqarilganligi, sorochka modelining xususiyatlarini inobatga olish zarur. Sorochka yon, yelka, yeng, o’miz qirqimlariga ishlov berish usuli bilan tikiladigan uskunalar, ishlab chiqarishda qabul qilingan texnologiya tartibi va sorochka vazifasiga bevosita bog’liq ravishda belgilanishi kerak. Sorochka andozalarini tayyorlash uchun quyidagi model-konstruktsiyasining chizmasi kiyim bo’laklarini yig’ish chizmasi tikish uchun tavsiya etilgan materiallar xossalari haqqidagi ma’lumotlar. Konstruktsiya chizmasida konstruktiv chiziqlar o’rni (ko’krak, bel, bo’ksa, o’rta chiziq, etak, yeng qiyamasi, chuqurligi, cho’ntak o’rni). Montaj kertiklar yon qirqimda (2 tadan) koketkani ort bo’lakka ulash qirqimida (tahlama o’rnini ko’rsatuvchi kertik), yeng qiyamasida, taqilma plankasida va yeng yon qirqimida, (manjet ziylarini bukish o’rni) belgilanadi Sorochka uchun asosiy va qotirma andozalar ishlab chiqiladi. Asosiy andozalar yoqa, koketka, yeng, manjet, cho’ntak Andoza tayyorlash va bichish uchun tanlangan modelning tashqi ko’rinishi bo’laklari uchun, qotirma andozalar esa yoqa va taqilma plankasi uchun ishlab chiqiladi. Erkaklar sorochkasi bo’laklarining andozalarini qurish va rasmiylashtirish tartibi chok haqlari qiymatlari , bo’laklarda tanda ipining yo’nalishi va undan mumkin bo’lgan chetga og’ish qiymatlari ,keltirilgan. Andozalar birikuvchi qirqimlar uzunligi va konfiguratsiyasi bo’yicha solishtiriladi va muvofiqlashtiriladi. Andozalar spetsifikatsiyasida bir kiyim komplektiga kiruvchi bo’laklar tartibi va soni keltiriladi. Andozalar qirqilgach, texnik shartlar asosida rasmiylashtiriladi: Har bir bo’lakka markirovka belgisi qo’yib chiqiladi: kiyim nomi, razmeri, bo’yi, bo’lak nomi, bichilgan bo’laklar soni. Andozalarda tanda ipi yo’nalishi va uning yo’l qo’yiladigan chetga og’ish kattaligi, uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar, nazorat kertiklar aniq ko’rsatiladi.

Sorochka asosiy bo`laklari andozalarining chizmasi.

01

02

ANDOZALARNI GAZLAMAGA JOYLASH VA BICHISH

Gazlama tejamliroq ishlatilishi uchun ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak. Masalan, katak yoki yo’l-yo’l gulli gazlamalarni bichish uchun mo’ljallangan bo’rlama tayyorlanganda, andozalarni shunday joylashtirish kerakki, kiyim tikilgandan keyin ham uning bo’laklaridagi rasmlar o’zaro mos tushsin. Velvet, chiyduxoba kabi tukli gazlamalardan tikilgan kiyimlar barcha bo’laklarining tuki yuqoriga yo’nalgan bo’lishi kerak, aks holda kiyim ko’p ishqalanadigan joylari yaltirab qoladi. Gulsiz sidirg’a gazlamalarni bichishga mo’ljallangan bo’rlama tayyo1rlash uchun, andozalarni qarama-qarshi joylashtirsa ham bo’ladi. Agar bichiladigan gazlama yo’l-yo’l yoki katak bo’lsa, tikilayotganda yo’llari yoki kataklarini to’g’ri keltirish uchun bo’laklar mo’ljallangandan ko’ra kattaroq qilib bo’rlanadi. Ort ustki koketka bo’laklarida tanda ipi yo’nalishi ustki yoqa va cho’ntak ipi o’rta chizig’igaa parallel, koketkani ort bo’lakka ulash qirqimiga parallel yoki unga 45 ostida joylanishi kerak. Bunda ostki koketka tanda ipi yo’nalishining ustkisi bilan mos tushmasligi ham mumkin. Sorochka old va ort bo’lak andozalari tanda ipi bo’ylab nihoyatda (juda) aniq bo’lishi kerak. Andozalar bo’rlama ustiga zich joylashtiriladi, avval katta bo’laklar qo’yilib va ular orasiga mayda bo’laklar joylashtiriladi. Joylashmadan chiqinda ham chiqishi uchun ostki yoqaga, yengga uloq qo’shiladi. (2-rasm), yaxlit yoqa tik qismidan alohida bichilishi mumkin. Andozalar gazlama ustiga joylashtirilgach, bo’rlanadi. Bo’r chizig’ining qalinligi 1-2 mm dan oshmasligi kerak. Bichishga mo’ljallangan gazlama ko’rikdan o’tkaziladi, nuqsonlari aniqlanadi, dekatirovka qilinib dazmollanadi.

Footer logo

Gazbalon Eng arzon narxlarda